Buxoroda shifokor o‘zini pichoqlamoqchi bo‘lgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

46 yoshli erkak Respublika ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy markazining Buxoro filialiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun olib kelingan. Ko‘rik paytida u pichoqni olib, o‘ziga jarohat yetkazmoqchi bo‘lgan, biroq navbatchi shifokor Elbek Dilov uni zudlik bilan zararsizlantirgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari bosh narkolog Dilovni mukofotlashdi Fidokorligi uchun mukofotlandi. Minnatdorchilikka viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ham qo‘shildi.