“O‘zgidromet” sinoptiklari 5 va 6-iyul dam olish kunlari uchun ob-havo prognozini taqdim etdi.
4-iyul kuni O‘zbekiston hududining katta qismida juda issiq ob-havo cho‘qqisi bo‘lishi kutilmoqda. Kecha kunduz kuni havo harorati 39-41 darajagacha, cho‘l hududlari va respublika janubida 43-45 darajagacha ko‘tarildi.
Bugun, 4-iyul kuni termometr ustunchalari 41-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi.
Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida haroratning 34-39 darajagacha pasayishi seziladi. Dam olish kunlari issiqlik asta-sekin pasayishni boshlaydi, ammo pasayish sezilarli bo‘lmaydi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat 38-41 daraja atrofida, janubda 42-44 darajagacha bo‘ladi.
O‘zbekiston bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 5 iyulda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 6 iyulda cho‘l hududlarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 4-5 iyul kunlari 40-43 daraja, 6 iyulda 39-41 daraja bo‘ladi.