Xalqaro shaxmat federatsiyasi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga FIDE Outstanding Contribution Award 2025 mukofotini topshirdi.

FIDE Outstanding Contribution Award 2025 2025-yilda shaxmat rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan, xalqaro maydonda yuksak yutuqlarga erishgan va FIDE bilan samarali hamkorlik qilgan federatsiyalarga topshiriladi.

Bu, shuningdek, mamlakatimiz federatsiyasining shaxmatni ommalashtirishga qo‘shayotgan ulkan hissasidan dalolat beradi va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish natijasidir.