2025-yilgi “Ochiq byudjet”ning ikkinchi mavsumi 15-iyuldan boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
2025-yilgi ikkinchi mavsum g‘oliblari 1-sentyabr kuni e’lon qilinadi. Ovoz berish jarayoni bir necha bosqichga bo‘lingan:
- loyihalarni taqdim etish bosqichi — 15-iyuldan 3-avgustgacha;
- saralash bosqichi — 4 avgustdan 18 avgustgacha;
- tashviqot bosqichi — 19-21-avgust kunlari;
- ovoz berish bosqichi — 22-avgustdan 31-avgustgacha.