10-iyul soat 09:00 dan boshlab O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezidentning 21-fevraldagi farmoniga muvofiq, foydalanilmagan subsidiya xabarnomasining bir qismi fuqarolarga qayta tarqatiladi. Subsidiya olish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ariza topshirish mumkin.

Ariza beruvchi subsidiya olish uchun ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball to‘plashi kerak. Ariza beruvchi va uning yaqin qarindoshlarining o‘rtacha daromadi (agar ular arizada ko‘rsatilgan bo‘lsa):

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda: EKIHning 2,7 baravaridan (3 118 500 so‘m) EKIHning 8 baravarigacha (9 240 000 so‘m);
  • Toshkent shahrida — 2,7 EKIHdan (3 118 500 so‘m) 9,2 EKIHgacha (10 626 000 so‘m).

Shuningdek, ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i butun mamlakat bo‘ylab uy-joyga egalik huquqiga ega bo‘lmasligi kerak. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar alohida mezonlar asosida baholanadi.