Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi, deb yozadi “TASS” Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga tayanib.

Toliblar tomonidan o‘rnatilgan Afg‘oniston bayrog‘i harakat 2021-yilda hokimiyatga kelganidan beri birinchi marta Moskvadagi elchixona tepasiga ilib qo‘yildi.

Iyul oyi boshida Afg‘onistonning Rossiyadagi yangi elchisi Gul Hasan Moskvaga keldi, 3-iyul kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko undan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.