4 va 5-iyul kunlari Toshkentda xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ultrabinafsha nurlanish kuzatiladi. Bu haqda Meteonova ma’lumotlarida aytiladi.

Ultrabinafsha nurlanishning cho‘qqisi soat 12:00 ga to‘g‘ri keladi, uch soat davomida ultrabinafsha nurlar eng yuqori intensivlikda bo‘ladi. Kechga yaqin intensivlik minimal darajaga tushadi.

Mutaxassislar odamlarni ultrabinafsha nurlarining uzoq vaqt ta’sir qilish xavfi haqida ogohlantirmoqda va himoya vositalarini qo‘llashni tavsiya qilmoqda. Quyosh nurlaridan himoyalanishning asosiy usullari:

  • Soat 12:00 dan 14:00 gacha quyoshga chiqmaslikka harakat qiling;
  • Soya joylarni qidiring;
  • Yopiq kiyim kiyish;
  • Ko‘z, yuz va bo‘yinni quyoshdan to‘sadigan keng soyabonli shlyapa kiying;
  • Ko‘zlarni to‘liq yopadigan quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqing;
  • Quyoshdan himoyalovchi ekranlar va soyabonlardan foydalaning;
  • Solyariylardan saqlaning.