4-iyul kuni Toshkentning Sergeli tumani aholisi qisman gazsiz qoladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” axborot xizmati xabar bermoqda.

Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib boradi. Shu munosabat bilan soat 17:00 gacha quyidagilar gazsiz qoldiriladi:

  • “Xonobodtepa” MFYdagi 387 ta xususiy uy, 8 ta ko‘p qavatli uy, ulgurji xaridorlar: 6.

Mas’ul xodimlar yetkazib berishni rejalashtirilganidan ertaroq davom ettirishlari mumkin.