4-iyul kuni Toshkentning Yunusobod tumanida qurilayotgan binoning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab yong‘in haqidagi signal soat 11:02 da kelib tushgan. Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnika yetib borgan. Yong‘in soat 11:17 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida taxminan 5 kvadrat metr maydonda bitum-smolali materiallar yonib ketgan. Tan jarohati olganlar yo‘q, yong‘in sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda.