AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiyaga qarshi energetika sanksiyalarini bekor qilish tarafdori bo‘ldi. Bu haqda Politico nashri yozmoqda.

Uitkoffning asosiy raqibi Energetika bo‘yicha milliy kengash raisi Dug Berg hisoblanadi. U AQShdan energiya yetkazib berishni ko‘paytirish uchun joy bo‘shatish uchun energiya bozorlaridan Moskvani “siljitmoqchi”.

Qayd etilishicha, Moskva va Vashington amerikalik investorlar ko‘magida “Shimoliy oqim” gaz quvuri faoliyatini tiklash bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Ismi oshkor etilmagan yevropalik amaldorning ta’kidlashicha, mamlakatlar “Yevropa energiya bozorini bo‘lish va ta’sir doiralarini yaratish”ni xohlamoqda.