Andijonda erkak turmush o‘rtog‘iga pichoq urib, voqea joyidan qochib ketgan. Bu haqda IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Voqea 4-iyul kuni soat 09:30 larda “O‘rikzor” mahallasida sodir bo‘lgan. Er-xotin o‘rtasida janjal chiqib, 48 yoshli andijonlik 43 yoshli turmush o‘rtog‘ining bo‘yniga xo‘jalik pichog‘i bilan urgan. O‘limga olib keladigan jarohatdan ayol vafot etdi.

Qotillik sodir etilgandan so‘ng erkak jinoyat joyidan qochib ketgan va qidiruvga berilgan. O‘sha kuni kechasi u Oltinko‘l tumani “Ko‘makay” mahallasida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda. Unga 15 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.