Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada 40 081 SBA raqamli Malibu haydovchisiga nisbatan so‘nggi bir necha yil ichida 106 ta jarima to‘g‘risidagi qarorlar bekor qilingani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Qarorlardan birida 2023-yilning oktyabr-noyabr oylarida nomi oshkor etilmagan haydovchi tomonidan “o‘ta zarurat” tufayli tezlikni oshirish ko‘rinishidagi qoidabuzarlik sodir etilgani uchun beshta jarimani bekor qilish topshirilgan. Hujjat viloyat YHXB ma’muriy amaliyot boshqarmasi boshlig‘i J.I.Umaraliyev tomonidan imzolandi.
Viloyat IIB axborot xizmati holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi. Boshqarmaning 5 nafar xodimiga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. Ularning ism-shariflari va lavozimlari aytilmaydi. Haydovchining ismi va lavozimi ham ko‘rsatilmagan.
Avtomobil haydovchisiga qo‘llanilgan barcha jarimalar “qonun talablariga muvofiq” undirilgan.
Viloyat IIB fuqarolarni har qanday huquqbuzarlikka guvoh bo‘lgan taqdirda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga chaqirdi.