5-iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo oz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmayapti. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Kunduzi havo harorati mamlakatning janubiy, g‘arbiy va markaziy hududlarida 41-46° gacha ko‘tariladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 20 m/s gacha kuchayib, ba’zi joylarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin.
Toshkentda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, kunduzi havo harorati 41-43° gacha ko‘tariladi. Respublikaning tog‘li hududlarida 35° gacha, yog‘ingarchiliksiz, ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.