Sotilmagan munitsipal obyektlar ijaraga berila boshlanadi. Bu haqda Norma axborot portali yozmoqda.

Davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom savdolarda sotilmagan munitsipal ko‘chmas mulk obyektlarini tasarruf etish tartibini belgilovchi yangi bo‘lim bilan to‘ldirilmoqda.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga tegishli bo‘lgan (Nukus shahri, viloyat va tuman markazlari hamda Toshkent shahri tumanlaridagi obyektlar bundan mustasno) maydoni 10 ming kvadrat metrdan va qiymati BHMning 5 000 baravaridan (1 875 mlrd so‘m) ko‘p bo‘lmagan, biroq olti oy ichida sotilmagan ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadbirkorlarga ijaraga beriladi.

Ijara muddati 10 yil bo‘lib, ijara to‘lovi stavkasi minimal darajada bo‘ladi. Tadbirkorlik subyekti ikki yil muddatda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarida yangi loyihalarni ishga tushirib, yangi ish o‘rinlari yaratishi kerak.