AQSH prezidenti Donald Tramp federal byudjyet to‘g‘risidagi One Big Beautiful Bill qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda Wall Street Journal xabar bermoqda.

Hujjat, xususan, mamlakatning mudofaa uchun rekord darajadagi xarajatlarini, shuningdek, Trampning birinchi prezidentligidan beri amalda bo‘lgan soliq imtiyozlarini tartibga soladi. Bundan tashqari, qonun AQShning davlat qarzi chegarasini besh trillion dollarga oshirish va bir qator ijtimoiy dasturlarni qisqartirishni nazarda tutadi.

Trampning sobiq safdoshi biznesmen Ilon Mask davlat xarajatlari haqidagi g‘oyalarni tanqid qildi.

“Davlat qarzi chegarasini oshiradigan bu qonun loyihasi uchun aql bovar qilmaydigan xarajatlar tufayli biz bir partiyali mamlakatda yashayotganimiz ayon bo‘lmoqda”, — dedi u.

Bunga javoban Tramp Maskdan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi. Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, milliarder ushbu qonun loyihasining mazmuni haqida hammadan ko‘ra yaxshiroq bilgan, tadbirkorda esa elektromobil ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozlarni qisqartirishni nazarda tutuvchi band haqida bilganidan keyingina unga nisbatan e’tirozlar paydo bo‘lgan.