7-iyul kuni AQSH prezidenti Donald Tramp G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish haqida e’lon qilishi mumkin. Bu haqda The National nashri yozmoqda.
Oq uy rahbari Dohada Isroil va HAMAS harakati ishtirokidagi muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda shunday bayonot berishi mumkin. E’londa HAMASni qurollarini tashlashga, uning yetakchilarini esa anklav hududini tark etib, quvg‘inda yashashga chaqiradi.
Mojaroga barham berish va Isroil qo‘shinlarini G‘azodan olib chiqish masalasini muhokama qilish sulh kuchga kirishi bilanoq boshlanadi. Iyul oyi boshida Donald Tramp Amerika tomoni Isroil rasmiylari bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini kelishib olganini ma’lum qilgandi.
AQSH taklifi Isroil qo‘shinlarini Falastin anklavidan qisman olib chiqish va HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish evaziga gumanitar yordam hajmini oshirishni o‘z ichiga oladi.