5-iyul kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida fermer xo‘jaligining sun’iy suv havzasida ikki nafar 9 yoshli bola cho‘kib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Voqea tush paytida sodir bo‘lgan. Soat 14:00 da ikki bola Turkiston massividagi fermer xo‘jaligi hududidagi suv havzasiga cho‘milish uchun tushib, cho‘kib ketgan. Suv havzasi tomchilatib sug‘orish tizimi uchun mo‘ljallangandi.
Halok bo‘lganlar 17-umumta’lim maktabining 2-sinfida o‘qishgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.