8-iyul kuni respublika bo‘ylab oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

Kunduzi havo harorati mamlakatning janubida 43° gacha, g‘arbida 40° gacha ko‘tariladi. Sharqdan esadigan shamol tezligi 7-12 m/s, ayrim hududlarda 20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, kunduzi harorat 37-39° ni tashkil etadi, shamol tezligi 12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tog‘li hududlarda harorat 30° gacha ko‘tariladi, asosan quruq bo‘lib, ayrim joylarda shamol kuchayadi.