11-iyuldan boshlab ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha IELTS xalqaro sertifikatini olish uchun testning qog‘oz variantini qabul qilish to‘xtatiladi. Bu haqda Edu-Action Centre markazi xabar berdi.
Qaror operatsion sabablar bilan bog‘liq. Testlarni hozircha faqat kompyuterda topshirish mumkin. Qog‘oz shaklidagi imtihonga ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar kompyuter testidan o‘tishlari yoki pullarini qaytarib olishlari mumkin.
Bu chora internetda test topshiriqlari sizib chiqqani haqidagi xabarlar fonida e’lon qilindi.