O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga kirish uchun onlayn qabul yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hujjatlarni 30-iyulga qadar vazirlikning my.edu.uz rasmiy platformasi orqali topshirish mumkin.
Tanlovlarda ishtirok etishga zarur darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi.