1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 37 859 698 kishiga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Mamlakatda jami fuqarolarning 18,8 million nafari ayollar va 19,1 million nafari erkaklardir. Shaharlarda 19,3 mln kishi, qishloq joylarda 18,6 mln kishi yashaydi.
Aholi soni ko‘rsatkichi 2024-yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan. O‘shanda 37 million 134,2 ming kishi ro‘yxatga olingan. Yil boshidan buyon doimiy aholi soni 350 mingdan ortiq kishiga ko‘paydi.