Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Serbiyadagi birinchi elchisi bo‘ldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich ma’lum qildi.

Diplomat Serbiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi. Serbiya tomoni O‘zbekistonning birinchi elchisi tayinlanishini olqishladi va ushbu qadam ikki tomonlama hamkorlikning butun majmuasiga yangi turtki berishini ta’kidladi.

O‘zbekistonning Serbiyadagi elchisi (qarorgohi Budapeshtda) Oybek Shaxavdinov ham o‘rindoshlik asosida Vengriya, Sloveniya, Xorvatiya va Chernogoriyada elchi hisoblanadi. Diplomat Birmingem universitetini, shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan va 2001-yildan buyon TIV tizimida ishlab kelmoqda.