O‘zgidromet joriy haftada kutilayotgan ob-havo o‘zgarishlari haqida shoshilinch xabar berdi.

Joriy yilning 9-11-iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi e’lon qilindi:

  • Surxondaryo viloyatining: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;
  • Toshkent viloyatining: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog‘li hududlarga chiquvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi. Ba’zi joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi mumkin.