8-iyul kuni Toshkent viloyatida Cobalt va Damas ishtirokida mudhish YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa soat 09:00 da Olmaliq shahri va Piskent tumanini bog‘lovchi yo‘lning 14-kilometrida sodir bo‘lgan. Ikkala avtomobil ham katta tezlikda harakatlangan, to‘qnashuvdan so‘ng avtomobillarga ko‘plab zarar yetgan.
Hodisa oqibatida 3 nafar yo‘l harakati qatnashchisi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.