Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda qizning harakatlanayotgan avtomobildan sakragani aks etgan video tarqaldi. IIBB voqeaga oydinlik kiritdi.

Hodisa 7-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik ko‘chasida sodir bo‘lgan. 25 yoshli avtomobil haydovchisi va uning 19 yoshli tanishi o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Oqibatda qiz harakatlanib ketayotgan Nexia’ning eshigini ochib, yo‘lning qatnov qismiga sakragan.

Erkak darhol mashinadan tushib, qizni mashinaga majburlab tiqmoqchi bo‘lgan, biroq unga guvohlar xalaqit bergan. Ushbu hududda xizmat olib borgan IIB xodimlari zudlik bilan jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, shifoxonaga olib borgan.

Qizda peshona va chap yonoq yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi, teri osti gematomasi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Uning natijalari bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.