8-iyul kuni Toshkentning Yashnobod tumani aholisining bir qismi qisman gazsiz qoldi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.

Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib boradi. Shu munosabat bilan soat 17:00 gacha quyidagilar gazsiz qoldiriladi:

  • “Chilonata” mahallasidagi 500 ta xonadon va 50 ta ulgurji iste’molchi.

Gaz ta’minoti rejalashtirilgan vaqtdan oldinroq qayta tiklanishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.