Turkiyaning Aydin viloyatidagi restoranda otishma vaqtida o‘zbekistonlik ofitsiant ayol halok bo‘ldi. Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona xabar bermoqda.
Diplomatik vakolatxona ma’lumotlariga ko‘ra, ayol boshidan og‘ir jarohat olgan va voqea joyida vafot etgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari besh kishini qo‘lga olgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan marhumaning jasadini O‘zbekistonga yuborish, shuningdek, uning yaqinlariga zarur yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.