Andijon viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Loyiha qiymati 140 mln dollarni tashkil etadi. Zavodda kuniga 1500 tonna chiqindini qayta ishlash rejalashtirilgan, yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 240 million kVt/soatni tashkil etishi mumkin.
Zavod 2028-yilgacha quriladi va 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Sanoat korxonasi Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi ishtirokida barpo etilmoqda.