AQSH prezidenti Donald Tramp Vladimir Putinni Ukraina bilan harbiy mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish harakatlari uchun tanqid qildi. Bu haqda u RSBN jonli efirida ma’lum qildi.
Amerika yetakchisi Putin bilan muloqot qilishga tayyorligini aytdi, biroq Rossiya prezidentidan «norozi» ekanini ta’kidladi.
“Ko‘plab odamlar halok bo‘lmoqda va bu to‘xtatilishi kerak. Bizni doim Putinning safsatalariga ko‘mib tashlashadi. U har doim juda iltifotli, lekin oxir-oqibat bu ma’nosiz bo‘lib chiqadi”, — dedi respublikachi.
Shuningdek, Donald Tramp senator Lindsi Grem tomonidan taklif qilingan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini «juda jiddiy» ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u tegishli savolga javob sifatida tafsilotlarni aniqlashtirishdan bosh tortdi.
“Mayli, men sizga aytmasdim. Kichik syurpriz uyushtirmoqchi emasmizmi?” — dedi u.