Rasmiylar 2030-yilgacha isitish va issiq suv uchun subsidiyalarni butunlay bekor qilmoqchi. “Spot” “Issiqlik ta’minoti” davlat kompaniyasi boshqaruvi raisi Ilhom To‘rayevning so‘zlarini keltirmoqda.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Toshkent shahri va viloyatlarda aholi uchun issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun pasaytirilgan tariflar qo‘llaniladi. Amaldagi narx va bozor qiymati o‘rtasidagi farq byudjet subsidiyalari hisobidan qoplanadi.

“Sohani rivojlantirish uchun subsidiyalardan voz kechish kerak. Biroq buni bir vaqtning o‘zida amalga oshirish qiyin. 2030-yilga borib subsidiyalashdan bosqichma-bosqich voz kechamiz. Buning uchun yiliga ikki marta tariflarni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. Tariflarni bir marta oshirish mumkin, lekin bu fuqarolarga ta’sir qiladi”, — dedi “Issiqlik ta’minoti” rahbari.

Ilhom To‘rayevning tushuntirishicha, issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari yiliga bir yoki ikki marta qayta ko‘rib chiqiladi. Bu subsidiyalar hajmini bosqichma-bosqich kamaytirish va aholi uchun yukni yengillashtirish imkonini beradi.