O‘zbekistonda issiqxona gazlari chiqindilarini cheklash faolroq boshlanadi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Issiqxona gazlari emissiyasini cheklash to‘g‘risida”gi qonunda aytilgan.
Hujjatda atmosferaga chiqariladigan tashlamalarni kamaytirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash, atmosferaga chiqarilayotgan gazlar hajmini kamaytirish va ularni ushlab qolish bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatlash shular jumlasidandir.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar, jismoniy va yuridik shaxslar “yashil” loyihalarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Chiqishi oldi olingan issiqxona gazlari davlat ixtiyorida bo‘ladi.
“Yashil” loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uglerod birliklari reyestriga kiritila boshlaydi. Shuningdek, loyihalar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan uglerod birliklarini verifikatsiya qilish ko‘zda tutilgan.