O‘zbekistonda to‘rt va besh qavatli uylarga lift o‘rnatish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Qurilish vazirligi vakillari ma’lum qildi.
Mamlakatda 22 mingdan ziyod ana shunday xonadon bor. Endilikda xalqaro tajriba — xususan, Germaniya, Avstriya va Finlyandiyada amalga oshirilgan qarorlar o‘rganilmoqda.
Dastur faqat ishlab chiqish bosqichida. Idora, shuningdek, fuqarolar, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning liftlarning qulayligi masalasidagi murojaatlarini ham qayd etadi.
Shu bilan birga, yuqori binolardagi eskirgan liftlarni almashtirish ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda 5 491 ta ko‘p qavatli uylarga o‘rnatilgan 13 798 ta liftni to‘liq xatlovdan o‘tkazish ishlari yakunlandi. Ularning 2 mingdan ortig‘i xizmat muddati tugashi munosabati bilan almashtirilishi kerak, yana 382 tasi ta’mirtalab. Ushbu maqsadlar uchun mahalliy byudjetlardan 854,6 mlrd so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Bu ishlar yakuniga yetganidan keyingina 5 qavatgacha bo‘lgan uylarga yangi liftlar o‘rnatish mumkin.