Shavkat Mirziyoyev yo‘l harakati xavfsizligini oshirish bo‘yicha yig‘ilishda Toshkent yo‘llaridagi vaziyatni shaxsan o‘rgangani va tirbandlik muammosiga duch kelganini aytdi.
“Mehmon ham, xalqimiz ham mamlakat iqtisodiyotini yo‘llardan baholaydi. O‘tgan shanba, yakshanba kuni o‘zim rulga o‘tirdim. Rulda kim o‘tirganini hech kim bilmaydi-ku. Lekin men ham tirbandlikda turdim — 15−20 daqiqa turdim, turganda ham yaxshigina turdim”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident tirbandlikni chetlab o‘tish uchun o‘z maqomidan foydalanmaganini ta’kidladi:
“Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov, to‘g‘rimi? Rulda men o‘tirganimni hech kim bilmaydi-ku. Hamma bilan birga turdim, xo‘sh, nima qilay? “Men palonchiman, yo‘lni ochinglar”, deb baqirmayman-ku. Hamma qanday kelgan bo‘lsa, men ham shunday keldim. Hamma qatori mashinada turdim, keyin vazirga qo‘ng‘iroq qildim”, — dedi prezident.
Davlat rahbari aholi uchun noqulayliklarga shaxsan guvoh bo‘lganini ta’kidlab, yo‘l harakati tizimi tashkil etilishini tanqid qildi:
“Men vazirga: o‘zing kelib, o‘tib ko‘r-chi, deyman. Odamlar kechasi uylariga qaytishadi. Ularning kayfiyati buzilyaptimi yoki yo‘qmi? Faqat bir narsa: ko‘prikkacha bo‘lgan to‘rt qatorli yo‘l ikki qatorli yo‘lga aylanadi va bo‘ldi. Shunday qilish mumkinmidi yoki mumkin emasmidi? Osonlik bilan to‘g‘rilab qo‘ysa bo‘lardi”.