7-iyul kuni poytaxtning Sergeli tumanida 58 yoshli ayol birovning uyining 9-qavatiga chiqib, pastga sakragan. Bu haqda Millar dasturi Bosh prokuraturaga tayanib xabar bermoqda.

Natijada ayol 25 metr balandlikdan qulab, vafot etgan. Fuqaro g‘ayriijtimoiy hayot kechirgan, doimo hamma bilan janjallashgan.

Bundan tashqari, u ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.