Toshkentda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yaqinidagi ko‘cha bir oyga yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Yerosti tunneli qurilishi sababli qaror qabul qilindi. Shu munosabat bilan Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Toshkent viloyati tomondan kirishda shu nomdagi bog‘ga burilish qismida transport harakati to‘xtatiladi.

Bu vaqt ichida transport park chegarasi bo‘ylab tutash yo‘lak orqali Milliy bog ko‘chasiga yo‘naltiriladi.