9-iyul kuni Toshkentda shamol tezligi kuchayishi kutilmoqda, chang ko‘tarilishi ham mumkin. Bu haqda O‘zgidromet rahbari Sherzod Habibullayev ma’lum qildi.

Shamol 3−8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan chang-to‘zonlar bilan 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 32-34 daraja atrofida bo‘ladi. Ertalab soat 5:30 dan 9:00 gacha poytaxtda havo ifloslanishining yuqori darajasi qayd etildi.

Soat 9:00 da havodagi mayda PM2,5 zarrachalarining miqdori 47,6 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan (35 mkg/m3) 1,36 baravar oshdi.