7-iyul kuni Urganchda 15 va 16 yoshli ikki qiz 7 qavatli uyning tomidan tushib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Soat 08:15 da Urganch shahar IIB navbatchilik qismiga Nurli hayot ko‘chasida joylashgan 7 qavatli uyning tomidan ikki kishi o‘zini tashlagani haqida xabar kelib tushgan.

O‘tkazilgan tekshiruvda halok bo‘lganlar ikki nafar voyaga yetmagan qizlar ekani aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.