AQSH Afrika davlatlari rahbarlaridan noqonuniy muhojirlarni qabul qilishga rozilik olmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.
Prezident Tramp ma’muriyati Gabon, Gvineya-Bisau, Liberiya, Mavritaniya va Senegal rahbarlari bilan uchrashuvi arafasida ushbu davlatlarga AQShdan deportatsiya qilingan muhojirlarni qabul qilish bo‘yicha takliflar yubordi. Davlat rahbarlariga bu Vashington bilan savdo muzokaralarida yordam berishi tushuntirildi.
“AQSH davlatlarga o‘z vatanlari ularni qabul qilishni rad etayotgan yoki qaytarishni kechiktirayotgan muhojirlarni AQShdan munosib, xavfsiz va o‘z vaqtida o‘tkazishga rozi bo‘lishni taklif qilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, WSJ Afrika davlatlari rahbarlari bunga rozi bo‘lgan-bo‘lmaganiga aniqlik kiritmagan. Ular Tramp bilan Vashingtondagi uchrashuvning matbuot uchun ochiq qismida bu masalani ko‘tarmagan.