Bitkoin kriptovalyutasining qiymati birinchi marta 112 ming dollardan oshib, o‘tgan yilgi maksimal narxdan yuqoriga ko‘tarildi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Coinbase birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 10-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:55 da bitkoin narxi 112 152 dollarga yetgan.

Hozirda kriptovalyuta narxiga tuzatish kiritilgan bo‘lib, 111,1 ming dollar atrofida sotilmoqda.