Guliston shahar prokurorining o‘rinbosari pora olishda gumon qilinib hibsga olindi. Bu haqda DXX axborot xizmati ma’lum qildi.
Gumonlanuvchi o‘z lavozimidan foydalanib, Boyovut tumanidagi qishloq xo‘jaligi korxonasi rahbaridan 10 ming AQSH dollari talab qilgan.
U Jinoyat kodeksining 168 va 167-moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida qamoqqa olish chorasi qo‘llanilmasligini va’da qilib, shuningdek, jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi foydasiga qaror chiqarishda ko‘maklashish evaziga pul so‘ragan.
Prokuror o‘rinbosari o‘z xizmat xonasida pul olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.