Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga tezlik cheklovlarini qayta ko‘rib chiqish mumkin bo‘lgan yo‘l uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda tegishli yig‘ilishda aytib o‘tildi.
Prezidentning ta’kidlashicha, haydovchilar ayrim YHXBlar qoidabuzarlik qayd etilgandan keyin yetti-sakkiz oy o‘tgach, jarima to‘g‘risida qaror chiqarayotganidan norozi.
Endilikda qoidabuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir oy ichida qaror chiqarilmasa, haydovchi jarima to‘lamasligi belgilandi.
Prezident O‘zbekistonda zamonaviy yo‘llar jadal qurilayotgani, xavfsizlik talablari yuqori bo‘lgan avtomobillar ko‘payib borayotganini inobatga olib, tezlik masalasiga yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.