Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida readmissiya to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Tegishli bitim 2025-yil 12-mart kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida imzolangan. Ichki ishlar vazirligi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlash topshirildi.