O‘zbekistonda sportchilar Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga kompleks tayyorgarlik ko‘radi. Bu haqda prezident qarorida aytilgan.
- Hujjat olimpiya va paralimpiyachilarni tayyorlashning asosiy maqsadlarini tasdiqlaydi. Ular orasida:
- boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, og‘ir atletika kabi ustuvor sport turlari bo‘yicha medallar sonini ko‘paytirish;
- rivojlanayotgan sportning 21 turi, shu jumladan triatlon, voleybol, stol tennisi, basketbol, zamonaviy beshkurash bo‘yicha litsenziyalarni qo‘lga kiritish;
- xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Shuningdek, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida erishilgan natijalardan kelib chiqib, sport turlari ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalarga ajratiladi.
Ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifadagi sport turlari ro‘yxati har 4 yilda bir marta Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan kalendar yil yakuniga qadar qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.