O‘zbekistonda eksklyuziv huquqqa ega bo‘lgan 29 ta korxona ustun mavqega ega deb topildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhiga muayyan tovarlarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish yoxud olish uchun mutlaq va (yoki) eksklyuziv huquq berilgan bo‘lsa, ular ustun mavqega ega deb e’tirof etiladi.

Qo‘mita ro‘yxatni e’lon qildi, unda subyektlarning nomlari va ular mutlaq huquqqa ega bo‘lgan faoliyat turlari ko‘rsatilgan.

Xususan, ro‘yxatga “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ kiritilgan bo‘lib, unga qishloq aholi punktlari, ovullar va shahar posyolkalarining bosh rejalari, arxitektura-rejalashtirish hujjatlari, batafsil rejalashtirish va topogeodeziya xaritalarini ishlab chiqish bo‘yicha mutlaq huquq berilgan. Shuningdek, Yangi O‘zbekiston massivlari uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish huquqi berildi.

Asl belgisi mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimi operatori funksiyalarini amalga oshiruvchi CRPT Turon yetakchi korxona sifatida tan olindi.

UZINFOCOM quyidagi eksklyuziv huquqlarga ega bo‘lganligi sababli ustun deb topildi:

  • sog‘liqni saqlash platformasini yaratish, joriy etish, texnik qo‘llab-quvvatlash va axborot xavfsizligini ta’minlash;
  • AGTKSH orqali siqilgan gaz iste’moli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida yig‘ish va monitoring qilish uchun davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash.

To‘liq ro‘yxat bilan havola orqali tanishish mumkin.