O‘zbekistonda erta nikoh uchun javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Murodbek Mahmudov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Nazoratni kuchaytirish maqsadida Bosh prokuratura va Adliya vazirligi tizimlari integratsiya qilindi. Bu erta tug‘ruqni yashirish holatlariga chek qo‘yish va ularni o‘z vaqtida aniqlash va chora ko‘rish imkonini berdi.
Shavkat Mirziyoyev erta nikohlar uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlashga ko‘rsatma berdi. Bundan tashqari, sog‘liqning buzilishiga olib kelgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish uchun javobgarlikni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi.