10-iyul kuni Toshkentning Shayxontohur tumanida suv quvuri yorilib ketdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Shayxontohur tumani Forobiy ko‘chasi hududidan o‘tuvchi diametri 800 mm bo‘lgan ichimlik suvi quvuri kuchli bosim ostida yorilgan.
Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, oqibatlarni bartaraf etmoqda. Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tez orada qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.