Toshkentning Shayxontohur tumanida fuqarolar sog‘lig‘iga jiddiy xavf solayotgan 220 kilogrammga yaqin “Andijon muzqaymog‘i” topildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabar bermoqda.

Mutaxassislar reyd o‘tkazib, bir necha kishi noma’lum sharoitda muzqaymoq tayyorlayotganini aniqlashgan. Ularda mahsulot sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan. Paketlarda kerakli ma’lumotlar ko‘rsatilmagan. Muzqaymoq qo‘pol sanitariya qoidabuzarliklariga qaramay sotuvga chiqarilgan.

Muzqaymoq bir necha bor eritildi va muzlatildi. Mahsulotlar antisanitariya sharoitida saqlandi. Konteynerlar yuvilmagan, mog‘or bosgandi. Ba’zi porsiyalarda hasharotlar topildi.

Muzqaymoq ishlab chiqarish bo‘yicha noqonuniy faoliyat to‘xtatildi, barcha mahsulotlar yo‘q qilindi. Muzqaymoq tarqatish bilan shug‘ullangan uch nafar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.