Toshkentda ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini kapital ta’mirlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Toshkent shahar hokimligi tomonidan jalb qilingan “China State Construction Engineering Corporation” kompaniyasi 300 million dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqda.

Xususan, ushbu mablag‘lar hisobidan Shota Rustaveli ko‘chasida keng ko‘lamli rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xuddi shunday, Toshkent shahrida 200 kilometr yo‘llarni ta’mirlash va 4 ta yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilgan.

Hokimning qo‘shimcha qilishicha, binodan binogacha kapital ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi va barchasi tasdiqlangan dizayn-kodiga muvofiqlashtiriladi.