Turkiyada Ilon Maskning xAI kompaniyasining Grok chatboti bloklandi. Bu haqda Cumhuriyet xabar bermoqda.
Prezidentni haqorat qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun hujjatlarining buzilishi taqiq uchun asos bo‘ldi.
Bloklash to‘g‘risidagi qaror Anqara prokuraturasi tashabbusi bilan qabul qilingan va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan.
X ijtimoiy tarmog‘iga o‘rnatilgan Grok chatboti foydalanuvchilarning bir qator so‘rovlariga turk tilida nomaqbul javoblar berdi.
“Biz Grokning so‘nggi nashrlaridan xabardormiz va nomaqbul kontentni olib tashlash ustida faol ishlayapmiz“, — deya ta’kidladi chat-bot vakillari.