Veolia Energy quvur yorilgach, rejalashtirilgan gidravlik sinovlar qoldirilganini ma’lum qildi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 30-maydan 17-iyulgacha rejalashtirilgan presslash ishlari to‘xtatilgan. Mutaxassislar sinovlarni o‘tkazishga yondashuvni qayta ko‘rib chiqmoqdalar va quvurlarning potensial avariyaviy uchastkalarini aniqlashning yangi, xavfsizroq usullarini ishlab chiqmoqda.

“Maqsadimiz — 2025-2026-yillardagi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda aholi uchun xavflarni kamaytirish orqali issiqlik ta’minotining ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Keyingi harakatlar va muddatlar haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz”, — deyiladi xabarda.

Voqea 10-iyul kuni sodir bo‘lgan. Olmazor tumanidagi Forobiy va Shifokorlar ko‘chalari kesishmasidagi M 0-16 va M 0-17 issiqlik kameralari oralig‘idagi 10-IM qozonxonasi hududidagi issiqlik trassasi uchastkasida 12,6 atmosfera bosimida mexanik mustahkamlikka sinovlar o‘tkazilganda, diametri 800 mm bo‘lgan quvurdan suv chiqishi sodir bo‘ldi.

Yaqin atrofdagi do‘konlarda moddiy zarar qayd etilgan — umumiy maydoni 8 m2 bo‘lgan oynavand vitrinalar singan. Yetkazilgan zararni qoplashga va’da berishdi. Iste’molchilarni issiq suv ta’minotidan uzib qo‘ymasdan, avariya joyi zudlik bilan lokallashtirildi.